A- A A+

Mahalliylashtirish dasturi

Mahalliylashtirish dasturi

on .

2020 yilda “Olmaliq KMK” AJda mahalliylashtirish dasturi doirasida bir qator tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va jihozlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

 Jumladan, umumiy jami 131,9 mlrd so’mlik  72ta  loyiha amalga oshiriladi.

Shuningdek, po’lat va cho’yandan ehtiyot qismlar quyish - 46,6 mlrd. so’m;

Nostandart uskunalar -  4,1 mlrd. so’m;

- konveyr uskunalariga ehtiyot qismlar - 9,7 mlrd. so’m;

- GRAT va GRT nasoslariga ehtiyot qismlar - 0,9 mlrd. so’m;

-  Maydalash uskunalariga ehtiyot qismlar - 2,1 mlrd. so’m;

- Tegirmon uskunalariga ehtiyot qismlar– 3,5 mlrd. so’m;

-  Ekskovatorlarga ehtiyot qismlar - 1,1 mlrd. so’m;

-  Mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash mahsulotlari (rux oksidi, molibden va metalli volfram, burg’ulash koronkalari, nodir metallar va qattiq qotishmalar asosidagi buyumlar) - 55,7 mlrd. so’m;

- turli xil mahsulotlar (keramik tigellar, kilotabardoshli kukun, termopara va boshqa) – 8,2 mlrd. so’m.

Mahalliylashtirish dasturi 8,0 mln AQSH dollari miqdoridagi valyuta mablag’larini tejash imkoniyatini beradi.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish kombinatning quyidagi bo’linmalarida  amalga oshiriladi:

-  Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi;

-  Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi;

-  Rux zavodi.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun oxirgi yillarda kombinatda Angren quvur zavodi, tog’-kon uskunalarini ishlab chiqarish bo’yicha sexi,  rux sulfati ishlab chiqarish uchastkasi,  Rux alyuminiy va mis qotishmasasini ishlab chiqarish uchastkasi, patronlash-tirilgan portlatish buyumini ishlab chiqarish uchastkasi, markazdan qochish va o’q ventilyatorlari ishlab chiqarish uchastkasi, rux oksidi ishlab chiqarish uchastkasi, Nodir metallar va qattiq qotishmalardan buyumlar ishlab chiqarish uchastkasi.

Yaqin istiqbolda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilangan. Xususan,  Markaziy ta’mirlash mexanika zavodini modernizatsiya qilish. Bu esa import asosida xarid qilinayotgan tog’-kon uskunalari va maydalash yanchish uskunalari uchun jamlanma buyumlar va yangi ehtiyot qismlar o’zlashtirish imkonini beradi.

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida zoldirli burg’ulash dolotlari va burg’ulash koronkalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

Portlatish materiallari zavodi bazasida noelektrik qo’zg’atish tizimini ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxona tashkil etish.

 

 “Olmaliq KMK” AJda Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqariluvchi tayyor mahsulotlar turlari, butlovchi va ehtiyot qismlar ilovada keltirilgan. Yuklab olish (format - pdf, hajmi -  690 Kb). 

  • 00cu150
  • 01cement150
  • 02cutube150
  • 03emalprovod150
  • 04kadmiy150
  • 05au150
  • 06ag150
  • 07zn150
  • frrewr
  • h2so4150
  • kuporos150
  • selen150-2
  • teknic_tellur
  • vp_ru_uz
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech