A- A A+

E'lonlar

Tadbirkorlar diqqatiga!

on . Posted in E'lonlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yoshlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu o’rinda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bo’sh turgan, foydalanilmayotgan ob’yektlar va ishlab chiqarish dastgohlarini tadbirkorlik sub’yektlariga, ulardan samarali foydalanish, yangi ish o’rinlari yaratish hisobiga “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftari”ga kiritilgan fuqarolarni bandligini ta’minlash va investitsiya kiritish sharti bilan quyidagi ob’yektlarni uzoq muddatli ijaraga berishni rejalashtirgan:

Ijaraga beriladigan ob’yektlarda tadbirkorlik  faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar

Maydoni

Joylashgan manzili

Eng kam investitsiya miqdori

Yaratiladigan ish o’rni (kamida)

 Foto

1.

Mevali bog’

21,55 ga

Piskent tumani

30 mln. so’m

20 nafar

 

2.

Ichimlik suv qadoqlash sexi

269  m2

Olmaliq shahar, sanoat hududi

200 mln. so’m

10 nafar

 

3.

Non maxsulotlari ishlab chiqarish

350 m2

Olmaliq shahar,
Sh. Rashidov, 29

50 mln. so’m

8 nafar

 

4.

Fitnes sport markazi

370 m2

Olmaliq shahar, Gagarin ko’cha, 1

300 mln. so’m

5 nafar

 

5.

Umumiy ovqatlanish

240 m2

Olmaliq sh,
Sh.Rashidov, 29

300 mln. so’m

6 nafar

 

6.

150 o’rinli bolalar bog’chasi

1617,4 m2

Olmaliq shahri,
A. Navoiy, 18

2,0 mlrd. so’m

35 nafar

 

7.

Tikuvchilik fabrikasi

1115,0 m2

Olmaliq shahar, sanoat hududi

3,0  mlrd. so’m

45 nafar

 

8.

Respirator sexi

499 m2

Olmaliq shahar, sanoat hududi

1,0 mlrd so’m

25 nafar

 

9.

Issiqxona

50 sotix

Olmaliq shahar, sanoat hududi

300 mln so’m

5 nafar

 

 Mazkur ob’yektlar yuzasidan biznes loyihalar va takliflarni “Olmaliq KMK” AJga: Yoshlar masalalari bo’yicha boshqaruv raisining maslahatchisi B. Salimov (This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. / +99893 182 18 30 ) va Korporativ munosabatlar xizmati (This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. / +99893 182 75 35)larga jo’natishingiz mumkin.

 Shartlar:
- Ob’yektdan ijara shartnomasi asosida foydalanishni maqsad qilgan sub’yekt tomonidan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarni ish bilan ta’minlash.

- Belgilangan ijara to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirish.

- Ob’yektning butligini saqlash, o’z hisobidan ta’mirlash.

- Muntazam ravishda tozalash-obodonlashtirish  ishlarini olib borish.

 OKMK Korporativ munosabatlar xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech