A- A A+

E'lonlar

“Olmaliq KMK” AJning eng yaxshi ratsionalizatori

on . Posted in E'lonlar

2019-2021 yillarda “Olmaliq KMK” AJning innovatsion rivojlanish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida «OKMKning eng yaxshi ratsionalizatori» tanloviga kombinat ishchi-xodimlaridan ratsionalizatorlik takliflari qabul qilinadi.

Tanlovning “Qora va rangli metallar metallurgiyasi boʻyicha eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi” nominatsiyasiga takliflar kombinat Ijro apparatining fan va innovatsiya boʻlimida elektron shaklda This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. manzilida qabul qilinadi.

Tanlovda 2020 yil davomida tayyorlanib, roʻyxatdan oʻtkazilgan ratsionalizatorlik takliflari koʻrib chiqiladi.

Arizalar joriy yilning 10 iyunidan 10 sentyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun ariza berishda qoʻshimcha ma’lumotlar olish uchun 70 61 9-50-24, 70 61 9-24-60, 70 61 9-23-60 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech