A- A A+

Elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati

 

2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki dasturga bo‘lish mumkin. Birinchi dastur – O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi dastur – “elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish.

Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish dasturida keng polosali texnologiyalar yordamida simli va simsiz aloqani, ma’lumotlar uzatish hamda ovozli trafik kommutatsiya markazlarini yanada rivojlantirish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va kengaytirish, multimedia xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani yaratish vazifalari belgilab olingan.

“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan. Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

“Elеktron hukumat” – davlat organlari faoliyatini tashkil etishning yangi shakli bo’lib, axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan kеng foydalanish hisobiga tеzkorlikning sifat jihatdan yangi darajasini va tashkilot, fuqarolar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylikni, shuningdеk davlat organlari faoliyati natijalari to’g’risidagi axborotni olishni ta'minlaydi.

“Elеktron hukumati”ni joriy etishning yakuniy maqsadi – intеraktiv xizmatlarni taqdim etish imkonlarini yanada  yaxshilashga qodir bo’lgan davlat boshqaruvning mukammal elеktron apparatini  yaratishdir.

Elektron hukumat tizimini rivojlantirish doirasida «Olmaliq KMK» AJda quyidagi  interfaol xizmatlar ko’rsatiladi:

Yagona interfaol davlat xizmatlari portalida joylashgan «Olmaliq KMK» AJning xizmatlari:

Ochiq ma’lumotlar portalida joylashgan «Olmaliq KMK» AJning xizmatlari:

 Davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini takomillashtirishning ilg'or halqaro amaliyoti sharhi (BPR) Yuklab olish (format - pdf, hajmi - 437 Kb).

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech