A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Bolajonlarning sifatli dam olishini tashkil etish – bosh maqsadimiz

on .

Bugun «Metallurg» MSda kombinat tasarrufidagi bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolajonlarning sifatli dam olishlarini tashkil etish yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi.

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov olib borgan seminarda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari boshliqlari, oshpazlari, tarbiyachi va yetakchilari, tibbiyot hamshiralari, Olmaliq shahar IIB, Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi  va jamoat salomatligi boʻlimi,  Tibbiyot birlashmasi, XTB, OKMK Obektlarida yongʻin xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boʻlimi mas’ullari ishtirok etishdi.

Seminarda  2021 yilgi yoz mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada tashkil etishda kasaba uyushmalarining  roli, orogmgohlarda xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash, favqulodda vaziyatlarni oldini, malakali tibbiy-profilaktik yordam koʻrsatish kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, seminarda oromgohlarda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, karantin davrida oromgohlar faoliyatini sanitariya qoida va me’yorlari talablari asosida tashkil etish, madaniy-maʻrifiy tadbirlarni, sport musobaqalarini tashkil etish, oshxona faoliyatini, toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish boʻyicha masalalar ham atroflicha muhokama etildi.

-Bizning asosiy vazifamiz bolajonlarimizni xavfsiz dam olishlarini taʻminlash, eng avvalo, dam olishlarini karantin qoidalari talablari asosida tashkil etish zarur, deydi - Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi  va jamoat salomatligi boʻlimi bosh epidemiologi Feruza Fozilmatova. -  Har bir oromgohning kirish qismida deztoʻshamalar boʻlishi kerak. Shuningdek  oromgohning har bir xodimi emlangan va tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlishi lozim. Bolajonlar oʻrtasida ham sanitar targʻibot ishlarini olib borilsa foydadan holi boʻlmaydi.

Tadbirda bu yilgi mavsumda bolajonlarning  sifatli dam olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish muhimligi taʻkidlandi.

Bu yil har bir oromgohning faoliyati kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamda hamkor tashkilotlarning mas’ullaridan iborat boʻlgan ishchi guruh tomonidan muntazam monitoring qilib borilishi ham bildirildi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan har bir yoʻnalish boʻyicha oromgohda mavsum davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar ham berildi.

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi mavsumda kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari Piskent tumanida joylashgan “Tong”, Boʻstonliq tumanidagi “Metallurg” va “Gulzor”, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Istiqlol” hamda Surxondaryo viloyatidagi “Parvoz” bolalalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga dam olishadi.

Feruza Bazarova,

Kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

ijtimoiy hiomya boʻyicha mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech