A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Har qanday huquqbuzarlikka jazo tayin

on .

2021 yil 10 iyun kuni “Olmaliq KMK” Rux zavodi elektrolit sexi ishchi-xodimlari uchun profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi IIV 1-sonli IIB boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik K.Nazirov hamda JQB katta tezkor vakili I.Turgunovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan zavod direktorining tovar-moddiy butligi va fuqaro muhofazasi boʻyicha oʻrinbosari T.Abdulxaev,  har bir ishchi-xodim  oʻz ish joyida huquqbuzarlik sodir etmasligi, har qanday jinoyatga jazo muqarrar ekanligini ta’kidladi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan oʻtgan davrda sodir etilgan jinoyatlarning tahlili boʻyicha ma’lumotlar berilib, yana bir bor barcha ishchi-xodimlar ogohlikka chorlandi.

D.Yunusov,

Rux zavodi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech