A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Eng yaxshi bilimdonlar aniqlandi

on .

OKMK avtomobil va texnologik transport boshqarmalari kasaba uyushmalari qo'mitalari va yoshlar Ittifoqi faollari tomonidan "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

Ushbu intellektual o'yinda kombinatning ikkita bo'linmasi xodimlari 6 ta jamoaga bo’lingan holda o’zaro kuch sinashishdi.

Mantiqiy savollar bilan to'ldirilgan o'yin natijalariga ko'ra, birinchi, ikkinchi va uchunchi o’rinlarning barchasini avtomobil transporti boshqarmasi vakillari egallashdi. Shunday qilib, uchinchi o'ringa ATB 2-avtobaza jamoasi, ikkinchi o'ringa esa ta'mirlash-xo'jalik uchastkasi jamoasi munosib ko’rilgan bo’lsa, boshqarma sharafini himoya qilgan jamoa bellashuv g'olibi deb topildi.

G’olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Olimjon Ahmedov,

kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech