A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning geologiya sohasi xodimlariga bayram tabrigi

on .

Hurmatli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati geologlari va soha faxriylari!

Sizlarni kasb bayramingiz - O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Geologlar kasbi eng qadimgi shu bilan birga, bugungi davrning eng muhim kasblaridan biridir.

Hech kim bizning jannatmakon va betakror zaminimizni  geologlar kabi yaxshi bilmasa kerak.

Ular tufayli qanchadan qancha foydali qazilmalar konlari topilgan. Aynan geologlar mehnati bilan O‘zbekiston bir qator tabiiy resurslarga eng boy davlat maqomini olishga muvaffaq bo‘ldi.

2018-yil 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Va unga ko‘ra, aprel oyining birinchi yakshanbasi - geologlar kuni sifatida nishonlanadi.

Barchangizni ushbu sana bilan tabriklaymiz!

Shu o‘rinda  kombinatning geologik xizmati faoliyatiga alohida to‘xtalsam, so‘nggi yillarda kombinat geologlari SRK Consulting xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda "Qalmoqqir" va "Yoshlik 1" konlarida JORC kodeksining xalqaro standartlariga muvofiq keng ko‘lamli geologiya-qidiruv ishlarini olib borishdi.

Natijada ularning samarali mehnatlari bois "Kalmoqqir" va "Yoshlik 1" konlari dunyodagi eng yirik oltin-mis konlaridan biri ekanligi tasdiqlandi. Yaqin yillarda ushbu ikki kareyer birlashtirilib, "Oliy Ziyo"koni deb, nomlanadi.

Shu bilan birga, kombinatning geologik xizmati Kovuldi, Angren, Chodak va Xondiza konlarida faol ish olib borishayapti. Shuningdek, kombinatning barcha amaldagi konlarida geologik qidruv tadqiqotlar amalga oshirishmoqda.

Geologik nuqtai nazaridan mamlakatimiz ulkan salohiyatga ega. Yer osti zaxiralarimizning boyligi birinchi galda mamlakatimiz fuqarolarining farovonligi uchun zamin yaratadi.

Shuning uchun ham geologlar faoliyati bugungi davr uchun g‘oyat muhimdir!

Ishonchim komilki, bundan keyin ham geologlarimizning samarali faoliyati va salohiyatlari milliy iqtisodiyotimizning rivojlanishini, sanoat modernizasiyasini jadallashtirish va aholining farovonlini yanada yaxshilashga xizmat qiladi

 Barchangizni yana bir bor kasb bayrami  bilan tabriklayman!

Geologiya sohasining barcha ishchi-xodimlariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, farovonlik va ishlarida yangi yutuqlar tilayman!

Abdulla Xursanov,

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisi, senator

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech