A- A A+

Sport hayotidan

Davron kuchli dona surdi

on . Posted in Sport hayotidan

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish" chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ 4954-sonli qarorida hamda 2021 yil 18-19 mart kunlari Toshkent viloyatiga amaliy tashrifi davomida o’tkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasining 15-sonli bayoni 143-bandida shaxmat sport turini rivojlantirish belgilangan.

Yuqoridagi qaror va bayon topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida OKMK Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi ishchi-xodimlari o’rtasida shaxmat bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Musobaqada Nodir metallar bo’limi dastgohchisi Davron Xidirov barcha raqiblaridan kuchli dona surib g’olib bo’ldi.

Texnik xizmat ko’rsatish guruhi chilangar-ta’mirchisi Ziyovuddin Qambarov ikkinchi o’rinni egallagan bo’lsa, uchinchi o’rin uning hamkasbi Chingiz Abdubaytovga nasib etdi.

Musobaqa g’oliblari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Erjan Mo’minov,

ITICHvaJQTM sport va sog’lomlashtirish komissiyasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech