A- A A+

Sport hayotidan

Kuchlilar saralandi

on . Posted in Sport hayotidan

2021 yilning 29 may kuni "Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi va  Olmaliq shahar hokimligi hamda kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi bilan hamkorligida sportning mini futbol turi bo’yicha  "Yoshlar ittifoqi kubogi" start oldi.

“5  tashabbus – 5 imkon” shiori ostida tashkil etilgan ushbu musobaqada kombinat korxonalari hamda shahrimiz mahallaridan jami 40ta jamoa 10ta guruhga bo’lingan holda bahs olib borishdi.

29-30 may kunlari ushbu musobaqaning saralash bahslari o’tkazildi. Qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy bo’lgan guruh bahslarida eng yaxshi natija qayd etgan 16ta jamoa keyingi bosqich masalasini hal etishdi.

Ushbu jamoalar uchun qur’a tashlash marosimi 3 iyun kuni bo’lib o’tadi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech