Sport hayotidan

MTMZ jamoasi bahodirlari g’olib

on . Posted in Sport hayotidan

2021 yil 28 iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasida OKMK Yoshlar ittifoqi tomonidan “O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar kuniga bag’ishlangan “Bahodirlar o’yini” sport musobaqasi tashkil etildi.

“Metallurg” sport klubida tashkil etilgan musobaqada kombinat tarkibiy bo’linmalaridan 9ta jamoa g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqada 3 kishidan iborat har bir jamoa 3 turdagi mashqlarni bajarishi talab etildi. Dastlab, bahodirlar “BelAZ” samosvalining shinasini 5 marotaba aylantirishi kerak bo’ldi. Ikkinchi shartda ikki dona 40 kg og’irlikdagi jismni 30 metr masofaga olib borishi talab etildi. Uchinchi shartda esa jamoa sardorlari 24 kg girya toshini ko’proq ko’tarishlari lozim bo’ldi.

Keskin va murosasiz kechgan musobaqada Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi bahodirlariga teng keladigani topilmadi.

Mis eritish zavodi jamoasi bahodirlari esa faxrli ikkinchi o’rinni egallashdi.

Qalmoqqir kon boshqarmasi bahodirlariga sovrinli uchinchi o’rin nasib etdi.

G’olib jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan rag’batlantirildi.

Abror Kamilov,

OKMK Yoshlar ittifoqi raisi v.b.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech