Sport hayotidan

Shaxmat va shashka bo'yicha musobaqalar o’tkazildi

on . Posted in Sport hayotidan

OKMK Jizzax sement zavodida korxona ishchi-xodimlari o'rtasida shaxmat va shashka bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.

Musobaqalarda shaxmat bo'yicha uchinchi o'rinni Kuydirish sexi boshlig'i Q. Qurolov, Ikkinchi o'rinni Temir yo'l transporti sexi boshlig'i O. Mamadaliyev egalladi. Xom ashyo sexi energetigi J. Mardiyev mutloq g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Shashka bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda esa xo'jalik uchastkasi vakili Guljahon Xudoyberdiyeva eng yaxshi deb topildi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni EHM operatorlari Gulnora Uzakova va Zebiniso Artikovalar egalladilar.

G'oliblar kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech