A- A A+

Tadbirlar

Xotira aziz, qadr muqaddas

on .

Bugun Olmaliq shahrida 9 may – Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlandi.

Dastlab, shahrimizdagi “Ona va bola” monumenti poyiga gul qo’yish marosimi o’tkazildi. Marosimda harbiy orkestr ijrosidagi mahzun kuy ostida shahar hokimligi mas’ullari, OKMK rahbariyati va korxona-tashkilotlar, huquq-tartibot idorlari xodimlari, jamoatchilik vakillari  “Ona va bola” monumenti poyiga gul qo’yishib, o’tganlar yodi uchun hurmat bajo keltirishdi.

Shundan so’ng, shahar markaziy ko’chasi bo’ylab harbiy parad o’tkazildi. Unda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, IIV, DXX, FVV  harbiy xizmatchilarining harbiy marsh sadolari shahdam qadamlar bilan o’tishdi.

Shuningdek, mamlakatimiz harbiy salohiyatini aks ettiruvchi harbiy texnikalar ham paradda hamshaharlarimizga namoyish etildi.

Ayyom munosabati bilan “Oltin olma” xiyobonida “Metallurg” MS badiiy dastalari hamda shahar madaniyat bo’limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi hamshaharlarimizga manzur bo’ldi.

Ayniqsa, “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan ikkinchi jahon urushi arafasi, boshlanishi, jang maydoni va g’alaba onlarini aks ettiruvchi musiqiy badiiy kompozitsiya olqishlarga sazovor bo’ldi.

Harbiy qism askarlari tomonidan tayyorlangan jangovar sahnalar namoyishi ham barchada katta tassurot qoldirdi.

Harbiy palatkalar, dala oshxonasi, o’sha davr harbiy liboslarini kiygan askarlar va kuy-qo’shiqlarning barchasi ikkinchi jahon urushi davrini  bir zum bo’lsada yodga soldi.

Sherzod Tilovberdiyev,

Veb muharrir

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech