Tadbirlar

Kamchiliklar vaqtida bartaraf etilgan

on .

OKMK Texnologik transport boshqarmasida favqulodda vaziyat va holatlarning oldini olish bo’yicha ko’rgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbirda TTB boshlig’i Aleksey Xarin, OKMK ob’yektlarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo’limi boshlig’i Adham Ahrorovlar ishtirok etishdi.

Seminarda nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. Seminarning amaliy qismida yong’in xavfsizligi texnikasi va o’t o’chirish vositalari namoyish etildi. Avtokorxonaning favqulodda vaziyatlar ko’ngilli drujinasining yong’in sodir bo’lgan qanday harakat qilishi baholandi.

Yong’in o’chirishda foydalaniladigan gidrantlar va suv havzalari tekshirildi. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat berilgan bo’lib, ushbu kamchiliklar o’z vaqtida hal etilgan.

OKMK Ob’yektlarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo’limi rahbariyati tomonidan TTB mehnat jamoasiga qoniqarli bahosi qo’yildi.

Rahmatillo Qurbonov,

OKMK FM otryadi boshlig’ining o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech