Tadbirlar

Temiryo’chilarga bayram sovg’asi

on .

O’zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni arafasida OKMK Sanoat temiryo’l transport boshqarmasi mehnat jamoasiga o’ziga xos bayram sovg’asi tuhfa etildi.

Bayram arafasida temiryo’lchilar uchun yozgi “Bayramlar uyi” foydalanishga topshirildi. Turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko’ngilochar dasturlar, anjumanlar o’tkazish uchun mo’ljallangan mazkur ob’ektning qurilish ishlari 2019 yilda boshlangan edi. Qurilish ishlari STTB ishchi-xodimlari hamda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirildi.

500 o’rinlik ushbu ob’yektning tantanali ochilish marosimi bugun bo’lib o’tdi. Tadbirda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo’yicha bo’yicha o’rinbosari v.v.b. Bekzod Salimov va STTB boshlig’i Bunyod Qurbonovlar o’z samimiy tilaklarini bildirib o’tishdi.

Tadbirda qurilish ishlarida faollik ko’rsatgan bir guruh bunyodkorlarga esdalik sovg’alari taqdim  etildi.

Yangi foydalanishgan topshirilgan majmuada temiryo’lchilar dasturxon atrofida ayyomni nishonlashdi.

Shuningdek, tadbirda "Metallurg" MS badiiy dastalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ham barchaga bayramoni kayfiyat ulashdi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech