A- A A+

Tadbirlar

Sizlarning mehnatingiz e’tirofga loyiq

on .

O’zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida keng nishonlandi.

Sanatoriy-profilakatoriysida tashkil etilgan bayram tadbiri avvalida OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov kombinat mehnat ahlini qutlug’ sana bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan so’ng, bayram munosabati bilan “Kombinatning alohida yutuqlarga erishgan xodimlarini taqdirlash to’g’risida”gi buyruqqa ko’ra, mamlakatimizning kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, fidokorona mehnati uchun bir guruh kombinat ishchi-xodimlari mukofotlandi.

Jumladan, 1 nafar ishchiga I darajali, 10 nafar ishchiga esa III darajali “Konchilik shuhrati” ko’krak nishoni taqdim etildi.

Shuningdek, 27 nafar ilg’orlarga kombinat Faxriy Yorlig’i, 63 nafar ishchi-xodimga esa qimmatbaho sovg’alar tuhfa etildi.

O’tgan vaqt mobaynida to’liq rekonstruksiya qilinib, barcha zamonaviy davolash jihozlari bilan ta’minlangan sanatoriy-profilaktoriy ham tadbirda tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tadbir davomida sanatoriy-profilaktoriyni ta’mir ishlarida ishtirok etgan bir guruh quruvchilar ham esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

O’zbekiston qahramonlari Jonsaid Turdiyev va Saydali Rahmonovlar ham kombinat ishchi-xodimlarini qutlab, o’z samimiy tilaklarini bildirishdi.

“Metallurg” madaniyat saroyi badiiy musiqiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo’ldi.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, Qoraqalpog’iston xalq artisti Jenisbek Piyazovning xonishlari olqishlarga sazovor bo’ldi.

Ayniqsa, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, estrada xonadasi Ulug’bek Rahmatullayev va taniqli qo’shiqchilar Alijon Isoqov va Nilufar Usmonovalarning sho’x shodon taronalari barchani raqsga chorladi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech