A- A A+

Tadbirlar

Energota’mirchilarga “qoniqarli” bahosi qoʻyildi

on .

23 iyun kuni OKMK Elektr tarmoqlari boshqarmasining Energota’mir  sexida  “ Obektda favqulodda vaziyatlar va holatlarning oldini olish muhim masala” mavzusida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.

Seminar davomida nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Seminarning nazariy qismida Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarmasi tomonidan joriy yilning may oyida kombinat obektlarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha aniqlangan kamchiliklar tahlil etildi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar qoʻyildi.

Seminarning amaliy qismida OKMK AJ Obektlarda yongʻin xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boʻlimi 51-son yongʻin qutqaruv qismi xodimlari tomonidan  oʻt oʻchirish vositalari hamda texnikalari namoyish etildi.

Sex koʻngilli drujinalarining yongʻin sodir boʻlganda qanday harakat qilishi ham kuzatildi.  

Seminarda  OKMK AJ obektlarda yongʻin xavfsizligini taʻminlashni tashkil etish boʻlimi boshligʻi Adhamjon Axrorov, Energotamʻir sexi boshligʻi Aleksandr Raspopinlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

Seminar yakuni boʻyicha  ETB mehnat jamoasiga “qoniqarli” bahosi qoʻyildi.

Rahmatillo Qurbonov,

OKMK Fuqaro muhofazasi komandirining

 yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech