A- A A+

Tadbirlar

“2-MBF huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklardan holi hududga aylantiraylik”

on .

 Xuddi shu mavzuda  OKMK 2-Mis boyitish fabrikasida ishchi-xodimlar oʻrtasida profilaktika tadbiri boʻlib oʻtdi.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati tashkil etilgan tadbirda Respublika Harbiy sudi tomonidan Mis eritish zavodi ishchisi va harbiy xizmatchilar tomonidan  sodir etilgan jinoyat hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan 2021 yilning 5 oyi mobaynida kombinatda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida aniqlangan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik holatlari haqida ma’lumot berilib, ularning sabablari tahlil etildi.

Shuningdek, ishchilarga ruxsatnomalar va ichki obekt tartiboti yoʻriqnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 167-(“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) va 169-(“Oʻgʻrilik”) moddalarining mazmun-mohiyatii ham batafsil tushuntirilib, ishchi-xodimlar yana bir bor ogohlikka chorlandi.

Tadbirda 2-MBF boshligʻining tartibot va TMBB boʻyicha oʻrinbosari D.Xamzaev, Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB Tergov boʻlimi boshligʻi Q.Nazirov, katta tezkor vakil U.Artikov, mas’ul navbatchi M.Mirzanov va IHQX 2-2 - guruh boshligʻi Gʻ.Burxonovlar soʻzga chiqishib, mazvu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech