A- A A+

Tadbirlar

"Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili"

on .

OKMK Qalmoqqir kon boshqarmasi kasaba uyushmasi rejasiga asosan "Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili"  kasb mahorat tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda Qalmoqqir KBda ish faoliyatini olib borayotgan 14 nafar mehnat muhofazasi boʻyicha vakillar ishtirok etishdi.

Mehnat muhofazasi boʻyicha vakil xodimlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik nazoratini olib boradi. Xodimlarga maslahatlar beradi va ish olib borishda xavfsizlik talablariga rioya qilinishi boʻyicha xodimlarni ogohlantirib boradi.

Tanlov ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichda kompyuter yordamida har bir vakilning mehnat muhofazasi va xavsizlik texnikasi boʻyicha bilimi sinovdan oʻtkazildi.

 Ikkinchi bosqichda har bir vakil ishlab chiqarishdagi xavfsizlik talablari buzilishini topib, uni maxsus koʻrsatma varaqasiga qayd etishi lozim boʻldi.

Tanlov yakuniga koʻra, markaziy ixtisoslashgan ta’mir uchastkasi chilangari Bahodir Atabaev uchinchi oʻrinni egalladi.

Ikkinchi oʻrin elektromontaj ta’mir ishlari uchastkasii elektra chilangari Murod Toxirovga nasib etdi.

Markaziy karer ekskovator mashinisti Mamajon Ergashboev “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili", deya e’tirof etildi.

Tanlov gʻoliblarga kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan ajratilgan  sovgʻalar taqdim etildi.

Islom Yuldashev,

Mehnat muhofazasi komissiyasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech