A- A A+

Tadbirlar

Psixologik treninglar tashkil etildi

on .

Kombinat sanatoriy-profiloktoriysi hodimlari va dam oluvchilari uchun psixolog treninglari tashkil etildi.

Ishlab chiqarish jarayonida xodimlarni ijtimoiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash mehnat unumdorligiga ham samarali ta’sir etadi. Shu maqsadda “Olmaliq KMK” AJ bo’linmalarida ham doimiy ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelinadi. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi kombinat Sanatoriy-profiloktoriysida tashkil etildi. Korxona Bosh psixologi Viloyat Davletova tomonidan o’tkazilgan uchrashuv bir necha yo’nalishlarda olib borildi. Dastlab Bosh psixolog tomonidan dam oluvchilarga xizmat qiladigan xodimlar o’rtasidagi muhitni barqarorlashtirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. Turli qiziqarli o’yinlar bilan o’tkazilgan seminarda xodimlar faol ishtirok etishdi. Shundan so’ng dam oluvchilar uchun “Oilada qaynona va qaynota obrazi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Guruhlarga bo’lingan holda tashkil etilgan suhbat ishtirokchilarning faolligini ta’minlagan holda olib borildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech