A- A A+

Tadbirlar

“Ayol borki olam munavvar”

on .

2022-yil 4-mart kuni Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi bo‘linma, muassasa va korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki olam munavvar” shiori ostida “Ibratli  qaynona” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik tanlovni o‘tkazishda bir qator maqsadlar belgilab olingan. Jumladan, IOBda faoliyat yuritayotgan ayol ishchi-xodimlarning onggi va shuurida o‘zbek xonadonidagi millatimiz ayollariga xos ma'naviyatli, ma'rifatli, nafosatli qaynona obrazini shakllantirish. Oiladagi qaynona-kelin munosabatlarida adolatli, o‘zbek millati ayollariga xos ma'naviy yetuklik, nafosat va nazokat timsoli ekanligini tushuntirish. Yosh qaynonalar uchun mahorat maktabini yaratishdir.

Tanlovda ishtirokchilar tanishtiruv, savol-javob, qaynona mahorati kabi shartlarini bajarishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 3-o‘rinni 22- MTT tarbiyachisi Nodir Rahmatxonova egalladi.

2-o‘rin 34-MTT tarbiyachi yordamchisi Zavra Nazaraliyevaga nasib etdi.

"Ibratli qaynona" deya, 28-MTT tarbiyachisi Muhayyo Iskandarova e'tirof etildi.

Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Ozoda Kamolova,

IOB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech