A- A A+

Tadbirlar

Boyituvchilarga qoniqarli bahosi qo‘yildi

on .

2022-yil 10-mart kuni 2-Mis boyitish fabrikasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Olmaliq shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbariyati, OKMK fuqaro muhofazasi otryadi, yong‘in xavfsizligi xodimlari, 2-MBF  fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ko‘ngilli qutqaruv drujinasi ishtirok etishdi.

Seminarning nazariy qismida OKMK Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abdushukur Sobirjonov, 2-MBF bosh muhandisi Sherzod Rustamovlar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulozalarini bildirib o‘tishdi. 2021-yilda mamalkatimizda, viloyatimizda, shahrimizda ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar va is gazidan zaharlanish holatlari hamda ularning sabablari tahlil etildi.

Seminarning amaliy qismida yong‘in-taktik o‘quv mashg‘uloti ham o‘tkazildi. Unda o‘t o‘chirish vositalari va texniklari namoyish etildi.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, fabrika ob'ektida sodir bo‘lgan yong‘in paytida soha vakillarining harakati baholandi. Jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ishchilar xavfsiz joyga evakuasiya qilindi.

Tadbir davomida yong‘in gidrantlari, kranlar, suv havzalari, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi. Yong‘in xafvsizligi bo‘limi  inspektori Javlon Xaytanov ishchi-xodimlarga o‘t o‘chirish vositasidan qanday foydalanishni ko‘rsatib berdi.

Olmaliq shahar FV bo‘limi rahbariyati tomonidan seminarga qoniqarli bahosi qo‘yildi.

Raxmatullo Qurbonov,

Fuqaro muhofazasi otryadi komandirining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech