A- A A+

Tadbirlar

Keksalari eʻzozlangan yurt

on .

2022 yilning 15 mart kuni shahrimizdagi “Tojmahal” tantanalar majmuida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar uchun “Navroʻz” bayrami tashkil etildi.

Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida mehnat faxriylari bir piyola choy ustida gurunglashishdi.

Tadbirda soʻz olgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov hamda  Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi raisi Aleksandr Farmanov inson qadri ulugʻlanayotgan yurtimizda nuroniylarga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashib, ayyom bilan barchani samimiy muborakbod etishdi.

“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi esa nuroniylarni raqsga chorlab, bayramona kayfiyat ulashdi.

SHu kabi bayram tadbiri Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tomonidan Jizzax tsement zavodi hamda Uch-quloch koni mehnat faxriylari uchun ham tashkillashtirildi.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech