Tadbirlar

Mis boyituvchilarga qoniqarli bahosi qo‘yildi

on .

Kuni kecha Mis boyitish fabrikasida favqulodda holatlarni oldini olish bo‘yicha taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda "Olmaliq KMK" AJ Fuqaro muhofazasi otryadi, Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, OKMK ob'yektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi shaxsiy tarkibi, Mis kompleksini qo‘riqlovchi harbiy qism, fabrika tibbiyot punkti xodimlari va  ko‘ngilli drujinalar a'zolari etishdi.

Tadbirda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda soha vakillari qanday harakat qilishi baholandi. Yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda jabrlanlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ishchi-xodimlar xavfsiz joyga evakuasiya qilindi. Sodir bo‘lgan yong‘in zudlik bilan bartaraf etildi.

Mashg‘ulot yakuniga ko‘ra, mis boyituvchilarga qoniqarli bahosi qo‘yildi. Mashg‘ulotda ishtirokchilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida ishlashi lozimligi aytib o‘tildi.

B. Mingboyev,

MBF qimmatbaho metallar saqlanishi va FM bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech