Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi
Prezident farmoni bilan 2022−2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Unga koʻra, 2026 yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan toʻliq qamrab olinadi. Qolaversa, 2023 yildan QQS 12 foizgacha tushiriladi.