A- A A+

Xabardormisiz?

Davlat tilida ish yuritish

on . Posted in Xabardormisiz

Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Loyihada davlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilib, ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 42-moddasi ikkinchi qism bilan toʻldirilmoqda.

Ya’ni ushbu moddaga: “Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi” degan toʻldirish kiritilmoqda.

Loyihani ishlab chiqishda xorijiy davlatlarning davlat tili sohasidagi qonunchilik tajribasi oʻrganildi.

Qonun qabul qilinishi natijasida davlat organlari, korxonalari va tashkilotlarida ish yuritishning toʻliq ravishda davlat tilida amalga oshirilishiga, ushbu sohada mansabdor shaxslarning mas’uliyati oshishiga va oʻz oʻrnida, davlat tilining rivojlanishi hamda unga boʻlgan eʻtiborning ortishiga olib keladi.

Qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilgan edi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech