Xabardormisiz?

Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

on . Posted in Xabardormisiz

Prezident tomonidan 2021 yil 14 yanvar kuni imzolangan 666-sonli qonunga asosan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan 175-8-moddaga koʻra, quyidagi toʻrt toifa huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilandi:

  • davlat xaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chogʻida maxsus axborot portaliga davlat xaridlari boʻyicha eʻlonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama oʻtkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 115 ming soʻmdan 2 mln 230 ming soʻmgacha) miqdorda jarima;
  • davlat xaridlari toʻgʻrisidagi e’lonlarga va xarid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi axborotni, havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 230 ming soʻmdan 3 mln 345 ming soʻmgacha) miqdorda jarima;
  • tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender oʻtkazish yoʻli bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat koʻrsatuvchini raqobatli xarid usuli vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona yetkazib beruvchidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilganlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 345 ming soʻmdan 4 mln 460 ming soʻmgacha) miqdorda jarima;
  • davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar toʻqnashuvi haqida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari boʻyicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek takliflar solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 460 ming soʻmdan 6 mln 690 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solish jazosi qoʻllanadi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech