Xabardormisiz?

5 yil stajga ega bo’lgan xodimlarning qabuliga oid

on . Posted in Xabardormisiz

Davlat qabul komissiyasining qarori bilan joriy yilda ham iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko’ra tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilishga ruxsat berildi. Shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo’lgan vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining ro’yxati tasdiqlandi (jami 71 ta tashkilot).

➖ Ro’yxatdagi tashkilotlar 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkin.

➖ Tavsiyanomani shaxsan birinchi rahbar berishi kerak.

➖ Sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil o’qiladi.

➖ Suhbat asosida talaba bo’lgan xodimlarning to’lov-shartnoma mablag’lari ishlab turgan tashkilot tomonidan to’lab beriladi.

➖ 5 yil stajga ega bo’lgan va tashkilotning birinchi rahbaridan tavsiyanoma olgan talabgorlar Davlat test markazining veb-sayti orqali onlayn ro’yxatdan o’tadi.

➖ Onlayn ro’yxatdan o’tkazish 2021 yil 5 avgustdan 25 avgust kuni soat 24:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Manba:  @xushnudbek

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech