A- A A+

Xotira va qadr

Halol mehnat insonni ulug’laydi

on .

Inson o’zi sevgan kasbi ortida jamiyatda obro’-e’tibor qozonadi. O’z o’rniga ega bo’ladi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo’limi dispetcheri sifatida faoliyat yuritgan Irina Kolosova ham fidokorona mehnati orqasidan jamoada hurmatga sazovor. Bugun Irina Grigoryevna tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.

Tadbirda ishtirok etgan OKMK bosh muhandisi Abdujalil Abduqodirov dispetcherlik xizmati kombinat ishlab chiqarish texnologik zanjirida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, Irina Kolosovaning ko’p yillik mehnatini e’tirof etdi.

OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan I.Grigoryevnaga esdalik sovg’alari tuhfa etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech