A- A A+

Xotira va qadr

E’tibor va e’zoz  - insoniylik burchi

on .

OKMK Yoshlar ittifoqi Kengashi va kombinat xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan xayriya hasharlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun mehnat fronti qatnashchisi Suxenko Nina Dementevnaning  xonadoniga bir guruh faol yoshlar va kasaba uyushmasi vakillari tashrif buyurishdi. Onaxonning hovlisi tozalanib, uy yumushlariga yordam berildi.

Urush payti 14 yosh edim. Biz yashagan Smolenskdagi qishloqni nemislar bosib olgan, ular qishning qahraton sovuq kunlari qor kurashga majburlashar edi. - 43 daraja sovuqda egnimga kiygan qalin po’stinimni ko’rgan nemis askari pichog’i bilan kesib tashlab, meni sovuqqotishimni miyig’ida kulgancha tomosha qilar, ich-ichimdan bu xo’rlanishni tezroq tugashini kutardim. Shunda boshqa bir nemis askari meni uyimga jo’natib yubordi. Oradan vaqtlar o’tib, nemislar chekinishdi. Ko’z o’ngimda kechgan qonli janglar hanuz yodimda. - Aziz yoshlar urushning nomi o’chsin, tinchlikning qadriga yeting. Bizga har doim g’amxo’rlik va e’tibor ko’rsatib kelayotgan kombinat rahbariyatiga o’z tashakkurimni bildirib qolaman, - deydi Nina Suxenko.

Onaxon yoshlarga suronli urush davridagi voqealarni so’zlab berdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech