A- A A+

Yangiliklar

Shahrimizda qo’mondonlik-shtab o’quv mashqlariga start berildi

on .

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, fuqaro muhofazasi vazirining 2021 yil 22 yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha 2020 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2021 yildagi vazifalar to’g’rsida”gi buyrug’iga asosan, Olmaliq shahar Favqulotda vaziyatlar bo’limi tomonidan 14-,15-,16 aprel kunlari “Qo’mondonlik-shtab o’quv mashqi” o’tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Tadbirga Olmaliq shahar hokimining barcha sohalari bo’yicha o’rinbosarlari, shahar favqulotda vaziyatlar, toshqinga qarshi, evakuatsiya, iqtisodiyot ob’yektlarini barqaror ishlashini ta’minlash komissiyalari, fuqaro muhofazasi xizmatlarining kuch va vositalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot, o’quv va davolash muassasalari, mahalla fuqarolar yig’inlari jalb etildi.

Ushbu o’quv mashg’ulotlaridan ko’zlangan asosiy maqsad – favqulodda holatlarda aholi hayoti va xavfsizligini saqlash, qutqaruv ishlari va yordam ko’rsatish sifati va tezkorligini oshirish, texnogen hodisalar va tabiiy ofatlar yuz berganda barcha xizmatlar va texnikalarni tezkor jalb etib,  favqulodda holatlarni  bartaraf  etishga shaylikni oshirishdan iboratdir.

O’quv mashqi davomida shahar boshqaruv organlari, fuqaro muhofazasi xizmatlari, ijtimoiy va iqtisodiy ob’ektlar rahbarlar tarkibi “yig’in” signali orqali xabardor qilinib, FVDT hududiy quyi tizim xizmatlari kuch va vositalarining shayligini ko’zdan kechirildi. Shu bilan birga, tabiiy gaz, ichimlik suvi, suvoqava, kommunal quvurlarini, elektr tarmoqlarini va simli aloqa tarmoqlari tayanchlarini mustahkamlash, toshqin suvlarini xavsiz o’tkazib yuborish qobiliyatini yaxshilash bo’yicha taktik mashg’ulotlar o’tkazildi.

Mazkur QSHO’Mga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati fuqaro muhofazasi otryadi, Avtomobil transport boshqarmasi, Texnologik transport boshqarmasi maxsus texnikalari ham jalb etilgan.

Qo’mondonlik-shtab o’quv o’quv mashqi 15-, 16- aprel kunlari ham davom etib, bunda Olmaliq shahri mahallalarining aholisining ro’y berishi mumkin bo’lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi tekshiriladi.

Rahmatillo Qurbonov,

Fuqaro muhofazasi otryadi komandirining o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech