A- A A+

Yangiliklar

Yozgi bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari mavsumga tayyorlanadi

on .

2021 yilning 12 aprel kuni Olmaliq kon-metalurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish to’g’risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Mazkur buyruqqa ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 martdagi "Bolalarni dam olishini tashkil etish va sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taminlash" bo’yicha Respublika Muvofiqlashtiruvchi guruhining 54-sonli (2021 yil 23 mart 0107/91-4) bayoni ma’lumot va ijro uchun qabul qilinishi belgilandi.

Shuningdek, buyruq asosida kombinat tasarrufidagi "Istiqlol", "Gulzor", "Xondiza-Parvoz", "Metallurg” bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarini 2021 yil yozgi sog’lomlashtirish mavsumiga o’z vaqtida va sifatli tayyorlashni tashkil etish bo’yicha ishchi guruh tarkibi va chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

"Olmalikmetallurgkurilish” tresti, Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi, Xondiza KB,  Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, Rux zavodi, Sanoat suv ta’minoti  sexi hamda xavfsizlikning texnik tizimlari xizmati rahbar va mas’ullariga "Istiqlol", "Gulzor", "Xondiza-Parvoz", "Metallurg" bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarini belgilangan muddatda mavsumga tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, boshqaruv raisining tijorat masalalari bo’yicha o’rinbosari v.b Sh.Turg’unovga Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasining talabnomasiga asosan zarur bo’lgan moddiy-tovar boyliklar (oziq-ovqat mahsulotlari, xo’jalik buyumlari, jihozlar, idishlar, dori-darmonlar, ko’rpa-to’shaklar, mebel va qurilish materiallari) bilan ta’minlash choralari ko’rish vazifasi yuklatildi.

Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi boshlig’i I.Akbarov bolalar sog’lomlashtiri oromgohlarini 2021 yil yoz mavsumida faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni joriy yilning 1 iyun sanasigacha bo’lgan muddatda amalga oshirish choralarini ko’rishi belgilandi.

Shuningdek, Avtomobil transporti va logistika bo’limi boshlig’i M.Xoliqov bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida 2021 yil yoz mavsumiga tayyorgarlik ko’rish jarayonida bevosita ishtirok etayotgan ishchi-xodimlarni manzilga eltish, zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklar va qurilish materiallarini joylarga yetkazish, qurilish chiqindilarini hududlardan olib chiqish hamda oromgohlar faoliyat olib borayotgan davr mobaynida tez yordam va maxsus sug’orish uchun mo’ljallangan avtotransport vositalari bilan ta’minlash choralarini ko’rishi ham buyruqda o’z aksini topgan.

OKMK Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech