A- A A+

Yangiliklar

Rux zavodida “Ma'naviyat va ma'rifat xonasi” ochildi

on .

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori hamda "Olmaliq KMK" AJ tizimida bu boradagi ishlarni rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan "Yo'l xaritasi" ijrosini ta'minlash maqsadida OKMK tarkibiy bo'linmalarida bir qator tadbirlar muntazam o'tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarni o'tkazish uchun esa zallar, ma'naviyat va ma'rifat xonalari zarur bo’ladi. Bunday joy va binolarni yaratishdan maqsad korxona mehnatkashlarining ma'naviy dunyosini boyitish, ularni bir g'oya atrofida birlashtirish, mamlakatimizda va dunyoda sodir bo'layotgan voqealarga daxldorlik tuyg'usini kuchaytirish, ajdodlarimizning ruhiga va ilmiy merosiga hurmatni shakllantirishdan iborat.

Kuni kecha "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodida yangi ta'mirlangan “Ma'naviyat va ma'rifat xonasi” ochildi. Endilikda ushbu ma'naviyat va ma'rifat xonasi kombinat bo'linmalarida rahbarlar, xodimlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishdagi tadbirlar – uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va boshqalarni o'tkazish, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi metodik qo'llanmalar va adabiyotlarni saqlash, har bir rahbar va xodimda kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech