A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

"Alpomish va Barchinoy" sport musobaqasi

on .

30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi yoshlari oʻrtasida "Olmaliq KMK"  AJ Metallurg SK da "Yoshlar kelajak poydevori" shiori ostida "Alpomish va Barchinoy" sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Bunda yakunda qizlar oʻrtasida bahslarda – 3-oʻrinni Pirogidrometallurgiya boʻlimi xodimasi Kumush Eshmurodova egallagan boʻlsa, 2-o’rinni Mis metallurgiya boʻlimi xodimasi  Iroda Tangirova qoʻlga kiritdi.

Barcha ishtirokchilardan yuqori natija koʻrsatib 1-oʻrinni Mis metallurgiya boʻlimi xodimasi Maftuna Qarshiboeva egalladi.

Yigitlar oʻrtasidagi bahslarda yuqori natija koʻrsatgan  Mis molibden rudalarini boyitish boʻlimi xodimlari Atxam Qayumov, Otabek Abdiev hamda Texnik xizmat koʻrsatish guruhi xodimi Erjan Moʻminovlar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Barcha gʻoliblar Yoshlar ittifoqi Kengashi va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Sardor Xolboev,

ITICHvaJQTM kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech