A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Yoshlar ittifoqi kubogi" Mis boyitish fabrikasi yoshlarida

on .

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”,  shahar hokimligi hamda kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi bilan hamkorlikda sportning mini futbol turi  boʻyicha "Yoshlar ittifoqi kubogi"  musobaqasi tashkil etilgan edi.

Mazkur musobaqada kombinat hamda shahrimiz yoshlari 40ta jamoaga boʻlingan holda 10ta guruhda bahs olib borishdi.

Qizgʻin va shiddatli bahslarga boy boʻlgan musobaqaning 3-oʻrini uchun Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali jamoasi “Metallurg” MFY jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Ushbu uchrashuvda mahalla jamoasi 3-2 hisobida ilmi toliblar jamoasidan ustun kelib, musobaqaning faxrli uchinichi o’riniga sazovor boʻlishdi.

Finalda Qalmoqqir kon boshqarmasi hamda Mis boyitish fabrikasi yoshlar oʻzaro roʻbaroʻ kelishdi. Uchrashuvda  Mis  boyituvchilar konchilarga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Uchrashuv MBF jamoasining toʻliq ustunligida oʻtib, yirik 4:0 hisobida yakunlandi.

Musobaqada “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasiga MBF vakili  Husniddin  Omonov, “Eng yaxshi himoyachi” nominatsiyasiga  “Metallurg” MFY jamoasi a’zosi Avaz Raxmatullaevlar loyiq koʻrildi.

MBF jamoasining yana bir a’zosi Elyor Malikov “Eng yaxshi oʻyinchi” nomiga sazovor boʻldi. Musobaqa bombardiri esa Abdulla Qodiriy MFY jamoasi vakili Tohir Abdukarimovga nasib etdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida gʻolib jamoa – MBF yoshlariga OKMK yoshlar ittifoqi kubogi hamda pul mukofoti tuhfa etildi.

Shuningdek, Qalmoqqir KB va “Metallurg” MFY jamoalariga hamda nominatsiya egalariga ham pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Bobur Sobirjonov,

MBF yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech