A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

"Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik"

on .

OKMK Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan "Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida “Yoshlar oyligi” dooirasida «Bilimdonlar maydoni» (Zakovat)  intellektual oʻyini festivali oʻtkazildi.

Sanoat temiryoʻl transport boshqarmasining “Temiryo’lchilar” madaniyat saroyida tashkil etilgan festivalda  kombinat korxona-tashkilotlaridan 19  jamoa ishtirok etdi.

Mantiqiy va qiziqarli savollarga boy boʻlgan intellektual oʻyinda Avtomobil transport boshqarmasi yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Faxrli ikkinchi oʻrin esa Mis boyitish fabrikasi yoshlariga nasib etdi. 2-Mis boyitish fabrikasi yoshlari esa uchinchi oʻrin bilan kifoyalandi.

Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlar bilan ragʻbatlantirildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech