A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

G‘iyosjon - “Eng yaxshi yosh energetik”

on .

OKMK Yoshlar ittifoqi tomonidan Energetiklar kuni munosabati bilan “Eng yaxshi yosh energetik-2021” kasb mahorat tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning 1-bosqichida ishtirok etganlar o‘z kasblariga oid 40 ta test savollariga javob berishdi.

Ikkinchi bosqichda esa birinchi bosqichdan muvaffaqiyatla o‘tgan 12 nafar ishtirokchi o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Elektr tarmoqlari boshqarmasiga qarashli Qoraqiyasoy podstansiyasida o‘tkazilgan ikkinchi amaliy bosqichda ishtirokchilar maxsus jihozlangan stendlar orqali elektr uskunasida qarshilikni tekshirish,naryad topshiriqni to‘ldirish, elektr sxemalar yordamida ishlashni ko‘rsatib berishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Eng yaxshi yosh energetik-2021” deya, Qalmoqqir kon boshqarmasi vakili G‘iyosjon Boltaboyev e'tirof etildi.

Ikkinchi o‘rinni esa Chodak kon boshqarmasi sharafini himoya qilgan Tohirjon Boltaboyev egalladi.

Mis boyitish fabrikasi vakili Bahodir Turmatov uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

G‘oliblar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Inomjon Matmusayev,

OKMK yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech