A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Muhammadali  - "Eng yaxshi yosh chilangar ta'mirlovchi"

on .

Malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiga bo'lgan qiziqishini oshirish "Olmaliq KMK" AJ rahbariyati oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda OKMK Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan "Eng yaxshi yosh chilangar ta'mirlovchi" kasb mahorati tanlovi o'tkazildi va unda 30 yoshgacha bo'lgan kombinat tarkibiy bo'linmalari yoshlari ishtirok etishdi.

Tanlov 2 boshqichda o'tkazildi. 1-saralash bosqichida ishtirokchliar test savollariga javob berishdi.

2-bosqichda 11 nafar yuqori ball to'plagan ishtirokchilar amaliy topshiriqlarga yechim topishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, 3-o'rinni Chodak kon boshqarmasi xodimi Muslixiddin Amaniddinov, 2-o'rinni Angren kon boshqarmasi xodimi Muhriddin Erkinov egalladi.

Mis boyitish fabrikasi xodimi Muhammadali Isroilov "Eng yaxshi yosh chilangar ta'mirlovchi" deya e`tirof etildi.

G'oliblar Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Shuni ta'kidlab o'tish kerakki kombinatimizda ustoz va shogird ana'nalarini rivojlantirish maqsadida ko'rik tanlovda "Olmaliq KMK" AJ Faxriylar kengashi a'zosi Valeriy Berezin hakamlar haya'ti raisi sifatida ishtirok etdi.

Hurshid Abdullayev,

"Qalmoqqir" KB Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech