A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Toshkent metallurgiya zavodiga sanoat ekskursiyasi

on .

OKMK Yoshlar ittifoqi Kengashi tashabbusi bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar uchun Toshkent metallurgiya zavodiga sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.

Ekskursiya davomida kombinat yoshlari korxonaning texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Ma'lumot uchun 2017-yil aprel oyida tashkil etilgan zavod O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi. Toshkent metallurgiya zavodida yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Bu qurilish materiallari, maishiy texnika, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoatidagi yuzlab korxonalarning ehtiyojini ta'minlash imkonini beradi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelinardi.

Kombinat yosh mutaxassislari uchun muntazam ravishda turdosh korxonalarga tashkil etilayotgan sanoat ekskursiyalari ularning tajriba almashishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech