A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

G‘ayrat - eng yaxshi maydalovchi

on .

Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida 1-son Maydalash sexida "Eng yaxshi yosh maydalovchi" kasb-mahorat tanlovi tashkillashtirildi.

Tanlov 2 bosqichda, nazariy va amaliy bosqichlarda maydalovchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash orqali bo‘lib o‘tdi.

Har ikki bosqich umumiy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Shohrux Sattorov egalladi. 2-o‘rin Davron Orifjonovga nasib etdi.

Barchadan yaxshi natija qayd etgan G‘ayrat Rahmonov “Eng yaxshi maydalovchi”, deya e'tirof etildi.

G‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Shodiyor Turonov,

MBF Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi raisi

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech