Yoshlarga oid yangiliklar

“Afandining besh xotini”

on .

Mamlakatimizda ayni kunlarda Navro‘zi olam shukuhi kezib yuribdi. Xalqimizning sevimli bayrami munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan hamshaharlarimizga bir qator ajoyib bayram dasturlari tayyorlangan. Jumladan, OKMK yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 17-mart kuni “Metallurg” MSda namoyish etilgan “Afandining besh xotini” spektakli ham hamshaharlarimizda katta taassurot qoldirdi.

Dramaturg Ibrohim Sodiqovning “Afandining besh xotini” asari asosida sahnalashtirilgan komedik janrdagi spektakl namoyishi O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari tomonidan zo‘r mahorat bilan ijro etildi.

Navro‘z ayyomi munosabati bilan yana bir qator ajoyib bayram dasturlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Spektakl namoyishidan keyin O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalariga OKMK boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abror Kamilov, o‘z minnatdorchiligini bildirib, esdalik sovg‘alari tuhfa etdi.

Inomjon Matmusayev,

OKMK Yoshlar ittifoqi raisi o'rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech