Yoshlarga oid yangiliklar

"Yoshlik - umr bahori"

on .

“Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi tashabbusi bilan kombinat yosh ishchi-xodimlari, ishchi-xodimlarning farzandlari va shahrimizdagi iqtidorli yoshlari o‘rtasida "Olmaliq yosh iste'dodlari" ko‘rik-tanlovi kasting shaklida bo‘lib o‘tdi.

Kastingda raqs va qo‘shiqchilik bo‘yicha ko‘plab iqtidorli yoshlar, raqs guruhlari, havaskor xonandalar va havaskor guruhlar ishtirok etishdi. Kastingdan muvaffaqiyatli o‘tishgan 20 nafar ishtirokchilar esa “Metallurg” MSda 30 mart kuni tashkil etilgan "Yoshlik-umr bahori" shiori ostidagi festival konsert dasturida qatnashdilar.

Ushbu konsert dasturini tashkil etishdan maqsad ishchi-xodimlar, ularning farzandlari va shahar yoshlari orasidan havaskor yosh iste'dodlarni kashf etish va ularga o‘z iste'dodlarini katta sahnalarda namoyon etishlarida imkoniyat yaratib berish hisoblanadi.

Ayniqsa, konsert dasturida kombinatning asosiy ishlab chiqarish sohalarida mehnat qilayotgan chilangar ta'mirlovchi, elektrogazpayvandlovchi, elektromontyor va loborant kabi kasb egalarilarining ham faol ishtiroki bizni quvontiradi.

Ulug‘bek Alimov,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Yoshlar bilan ishlash komissiyasi a'zosi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech