A- A A+

 

ISMAYILOV KAMOL BAHODIROVICH

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining tijorat masalalari bo`yicha o`rinbosari v.b.

Telefon: +998 78 141-90-01

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har seshanba soat 16:00 da 

Tarjimai holi:

1986 yili Samarqand viloyatida tug’ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 2007 yilda Navoiy davlat  konchilik institutini bakalavriatini, 2009 yili Toshkent davlat texnika universitetini (magistratura) tamomlagan. Ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi – konchilik ishi, foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda ishlash

Mehnat faoliyati:

2003-2007 yy. - Navoiy davlat konchilik instituti talabasi

2007-2009 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

2009-2010 yy. - "Olmaliq KMK" OAJ Qalmoqir kon boshqarmasi sharqiy karyerining 3-darajali burg’ulash qurilmasi mashinisti yordamchisi

2010-2011 yy. - "Olmaliq KMK" OAJ Qalmoqir kon boshqarmasi sharqiy karyerining ustasi vazifasini bajaruvchi

2011-2015 yy. - "Olmaliq KMK" AJ  mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi mehnat muxofazasi va texnika xafsizligi bo’yicha 1 toifali muhandis

2015-2015 yy. - "Olmaliq KMK" AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi tog’-kon, geologiya-qidiruv va transport bo’linmalari  nazorat qilish boshlig’i o’rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi

2015-2019 yy. - "Olmaliq KMK" AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi tog’-kon, geologiya-qidiruv va transport bo’linmalari  nazorat qilish boshlig’i o’rinbosari

2019-2020 yy. - "Olmaliq KMK" AJ ichki sotuv bo’limi boshlig’i

2020-2021 yy. - "Olmaliq KMK" AJ metallurgiya xom ashyosi sotuvi va ta’minoti boshqarmasi ichki bozorda bo’yicha boshlig’i o’rinbosari

2021-2021 yy. - "Olmaliq KMK" AJ moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig’i

2021 y. – h.v. - "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining  tijorat masalalari bo'yicha o'rinbosari v.b.

Vazifalari:

  • Kombinat tijoriy faoliyatiga funksional vazifalari bilan muvofiqlashtirilgan holda rahbarlik qiladi;
  • Quyidagi tarkibiy bo'linmalar rahbarlarining funksional vazifalarini bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi: Moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi, tovar bozori kon'yunkturasini o'rganish bo'limi, metallurgiya xom ashyosi bilan ta`minlash va sotish boshqarmasi, "Neft mahsulotlari ta`minoti " boshqarmasi va unga bo'ysunadigan boshqa xizmatlar/bo'limlar;
  • mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha prognoz ko'rsatkichlari bajarilishini nazorat qiladi;
  • kombinatning uzluksiz ishlashida xom-ashyo va materiallarni yetkazib berishni ta'minlaydi va nazorat qiladi;
  • xalqaro shartnomalar doirasida imzolangan mahsulotlar importi bo'yicha ikki tomonlama bitimlarning bajarilishini ta'minlaydi;
  • korporativ xarid qilish bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), shu jumladan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni import qilish bo'yicha eng yaxshi takliflarni baholash va tanlash uchun tanlov komissiyasiga rahbarlik qiladi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech