A- A A+

ABDULLAYEV ILHOM IZZATULLAYEVICH

Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari v.b.

Telefon: +998 70 61 9-24-64

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: har seshanba soat 16:00 da

Tarjimai holi:

1978 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan. 

Ma'lumoti – oliy. 2000 yili Toshkent Arxitektura-qurilish institutini tugatgan, ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi – qurilish materiallarini ishlab chiqarish. 2007 yili Toshkent Temiryo’l transporti muhandislari institutini tugatgan, ma'lumoti bo’yicha mutaxassisligi – transport inshootlarining ekspluatatsiyasi.

Mehnat faoliyati:

1996-2000 y.y. - Toshkent Arxitektura-qurilish instituti talabasi

2000-2003 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi temir yo’li sexi elektrovoz mashinisti yordamchisi, elektrovoz mashinisti

2003-2006 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasining Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha muhandis, Mehnat muhofazasi va harakat xavfsizligi bo’yicha xavfsizlik texnikasi bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari

2006-2010 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’limi boshlig’i o’rinbosari

2010-2014 y.y. - "Olmaliq KMK" OAJ Kasaba uyushmasi Kengashi raisi

2014-2020 y.y. - "Olmaliq KMK" AJ Kadrlar va umumiy  masalalar bo’yicha bosh direktor o’rinbosari, Xodimlar va ijtimoiy rivojlanish bo’yicha direktor, Ijtimoiy ishlar bo’limi yetakchi mutaxassisi, Uy-joylarni ta’mirlash va foydalanish boshqarmasi boshlig`i

2020 - h/v. - "Olmaliq KMK" AJ mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari v.b.

Vazifalari:

  • Jamiyat tarkibidagi korxonalarda xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga amal qilinishi ustidan nazorat olib borish;
  • Jamiyat ishchilari tomonidan xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilishlari ustidan nazoratni,  ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni kamaytirishga yo’naltirilgan xavfsiz ish usullariga ishchilarni o’rgatishni tashkil etish;
  • Mehnat sharoitlari va jihozlarning jarohatlash xavfsizligi bo’yicha ishchi o’rinlarni davriy attestasiyadan o’tkazilishini tashkil etish.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech