Issiqlik elektr markazi

 

Issiqlik elektr markazi “Olmaliq KMK” AJ tarkibiga kiruvchi korxona bo‘lib, Toshkent viloyati Olmaliq shahri sanoat hududida joylashgan.

IEM 1959-yil ishga tushirilgan bo‘lib, quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

- Bug‘ turbinasining 8÷13 ata bosimli bug‘i bilan kombinat sexlarining ishlab chiqarishda issiqlik ehtiyojini qondirish;

- Kombinat sexlari hamda Olmaliq shahar aholisini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta'minlash;

- Yuqorida aytilgan issiqlik iste'moli asosida ishlab chiqarish samradorligini oshirish maqsadida elektr energiyasini ishlab chiqarish.     

IEM O‘zbekenergo sistemasi binoan parallel ravishda ishlaydi.

Issiqlik elektr markazi elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha - 36 MVt, bug‘ ishlab chiqarish bo‘yicha -390 t/soat va issiq suv ishlab chiqarish bo‘yicha – 420 Gkal/soat o‘rnatilgan quvvatlarga ega. Energiya tashuvchisi organik yoqilg‘i hisoblanadi. Asosiy yoqilg‘i turi tabiy gaz, zaxiraviy yoqilg‘i turi – ko‘mir va avariya yoqilg‘isi  mazut hisoblanadi.

IEMda issiqlik ishlab chiqaruvchi 4 dona BKZ-75/39 FB rusumli va  1 dona Ye-75/39/440-GM  rusumli bug‘ qozoni hamda 3 dona PTVM -100 rusumli suv isitish qozonlari mavjud. Elektr energiyasini ishab chiqarish uchun har biri quvvati 12 MVt dan bo‘lgan 3 dona turbogenerator mavjud.

Iste'molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta'minlash

Ishlab chiqarish korxonalari uchun  bosimi 8÷13 ata va harorati 3300C  bo‘lgan bug‘  turbinasidan va reduksion sovutish uskunasidan (ROU 8÷13 ata) ishlab chiqariladi. Kombinat korxonalari va tashqi iste’molchilarga bug‘ IEM orqali  uch yo‘nalishdagi IEM-MBF,  IEM-MBF2, IEM-5 TBIChB bug‘ quvurlari  orqali uzatiladi

Issiq suv ta'minoti issiqlik tarmoqlarining uch yo‘nalishida : IEM – Shahar 1-navbat diametri 500 mm quvurlar orqali, IEM – Shahar 2-navbat diametri 500-630 mm quvurlar orqali va IEM – MBF diametri 426 mm quvurlar orqali uzatiladi

Elektr ta'minoti

IEM ish jarayonida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “IEM” 110/6 p/stansiyasidan uzunligi 2 km bo‘lgan AS-120 mm2 rusumli o‘tkazgichda LEP-110 kVli havo liniyasi orqali "Qoraqiyasoy" 220/110/35/6 kV p/stansiyaga uzatadi.

Yordamchi mexanizmlar va qozon-turbina usunalari elektr ta'minoti 7 seksiyali KRU 6kV, xamda 0.4 kVli mexanizmlar 5 dona RUSN-0.4kV orqli ta'minlanadi. 

IEM quyidagi sexlardan iborat:

- Qozon-turbina sexi (QTS);

- Elektr sexi (ES);

- Kimyoviy tozalash sexi (KTS)

- Issiqlik ta'minoti va yer osti kommunikasiyalari  sexi;

- Bino va inshootlar ta'miri va xizmat ko‘rsatish uchastkasi.

 

Boshliq: Axmedov Djabborali Akbaraliyevich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech