Texnik xavfsizlik tizimlari xizmati

Faoliyati:

Axborotlarni tahlil qilish, xavf-xatarlarni oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, ma'lumotlarni muhofaza qilish bo'yicha texnik vositalarni o'rnatish, sozlash va texnik qo'llab-quvvatlash.

Tarixi

1949-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinat  tashkil etildi. Uning rivojlanishi davomida faoliyat doirasi kengayib, Nazorat o`lchov asboblari va avtomatika uskuanalarini ta'mirlash, ularni davlat qiyoslashidan o`tkazish, avtomatik tizimlarni sozlash mis, qo'rg'oshin boyitish fabrikalarida nostandart uskunalar ishlab chiqarish ehtiyoji paydo bo`la boshladi.

1965-yilda mustaqil bo'linmani Markaziy avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash laboratoriyasi (MAGL) tashkil etishga qaror qilindi va  uning tarkibiga quyidagi guruhlar qo'shildi:

  • NO`A qurilmalarini ta'mirlash guruhi;
  • Qurilmalarni idoraviy qiyoslash guruhi;
  • Vazn uskunalarini ta'mirlash guruhi;
  • O'rnatish va eksperimental uchastka guruhi;
  • Radioizotop va rentgenospektral asboblarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish guruhi;
  • Boyitish fabrikalarini avtomatlashtirish guruhi;
  • Maydalash va transport sexlarini avtomatlashtirish guruhi;
  • Kompyuter texnologiyalari guruhi;
  • Metallurgiya sexlarini avtomatlashtirish guruhi 1969-yilda tashkil etilgan.

1974-yilda mahalliy avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish guruhi tashkil etildi.

1973-yilda ruda, pulpa, konsentratlarning sifatini tezkor aniqlash uchun radioizotop, radiospektral asboblarni ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish uchun bino qurildi va izotop laboratoriyasi deb nomlandi va 1985-yilda izotop laboratoriyasi MAGL tarkibidan chiqib, yadro-geofizik laboratoriya (YAGL) nomi berilgan mustaqil laboratoriyaga ajratildi. 1986-yilda xavfsizlik va yong'in signalizatsiyasi (OPS) ni o'rnatish va texnik xizmat ko'rsatish guruhi tashkil etilib,  OKMK xodimlarining xavfsizligini ta'minlash va ob’yektlarini yong'inlardan himoya qilish, shuningdek, tovar-moddiy boyliklar saqlanishini ta'minlash, kombinatning  o'ta muhim va toifali ob'yektlariga noqonuniy kirib borishni oldini olish  asosiy vazifa sifatida qo`yildi.

1998-yilda OKMK korxonalarining umumiy rivojlanishida (YAGL) bilan birlashtirildi va yangi nom berildi (MAGL) Markaziy avtomatlashtirish va geofizika laboratoriyasi. Olmaliq tog` kon metallurgiya kombinatining 2012-yil 1-fevraldagi № 25-sonli qaroriga binoan bo'linmani kengaytirish, qayta qurish ishlari olib borilib, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi nomi berildi.

Boshqarma tarkibida quyidagi xizmatlar faoliyatlari ish boshladi:

  • Avtomatlashtirish laboratoriyasi (LA);
  • Yadro-geofizika laboratoriyasi (YAGL);
  • Aloqa sexi; (ATS)
  • Axborot texnologiyalari xizmati (SIT).
  • Texnik xavfsizlik tizimlari guruhi (TSB ICHAB).

OKMKning 2019-yil 30- apreldagi № 00533-sonli buyrug'iga asosan, Texnik xavfsizlik tizimlari guruhi ICHAB tarkibidan chiqib, 2019-yil 1-iyuldan "Olmaliq KMK" AJ ning yangi texnik tizimlari xavfsizlik xizmati (TTXX) tarkibiy bo'linmasi tashkil etildi.

Tuzilma

  • Qo'riqlash-yong'in signalizatsiyasi guruhi –(QYS)-avtomatik yong'in signalizatsiyasi tizimlari va qo'riqlash signalizatsiya tizimlarining montaj-sozlash ishlarini olib boradi;
  • Videokuzatuv tizimlari guruhi (VKT) – montaj-sozlash ishlarini olib boradi, videokuzatuv tizimlariga texnik xizmat ko'rsatadi, korxonaga kirish-chiqish tizimiga ruxsat berish, taqiqlash ishlari bilan shug`illanadi.
  • Texnik aniqlash tizimlari guruhi (TAT) – OKMK toifali ob'yektlarining perimetri bo'yicha montaj-sozlash ishlarini, aniqlash tizimlarini texnik xizmat ko'rsatishni amalga oshiradi;
  • Reglamentga xizmat ko'rsatish guruhi (RXK) – OKMK ob'yektlarida yong'in signalizatsiyasi tizimlariga kunlik texnik xizmat ko'rsatadi;
  • Transport monitoringi guruhi – (MT) - avtotransport va yoqilg'i hisobini kundalik monitoringini olib boradi;

2019-yil 15-avgust kuni № 00982-sonli buyruq qaroriga binoan TTXX tarkibida xavfsizlik bo'limi axborot xavfsizlik guruhi joriy etildi.

Xavfsizlik bo'limi (OB) – OKMK ob'yektlarining elektron axborot xavfsizligi sohasida muvofiqlashtirish ishlarini bajardi.

2021-yil 21-iyun kuni  № 00799-sonli buyruq bilan texnik xavfsizlik tizimlari xizmati (TXTX) qoshidagi xavfsizlik bo'limi axborot xavfsizligini ta'minlash ishlari olib borilmoqda.

 

Texnik xavfsizlik tizimlari xizmati bosh muhandisi: Dyatlov Igor Gennadevich

Telefon: (+99871) 141-90-09

E- mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech