A- A A+

Dividendlar to'lash

 

 

 

 

 

 

Dividendlar

Jamiyatning sof foyda daromadining bir qismi aktsionerlar o’rtasida o’zaro taqsimlanishi dividend hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasining «Aksionerlik jamiyatlari va aksionerlar huquqlarini himoya qilish to’g’risi»dagi qonunining 48- moddasi);

Dividendlar – aksiyalar bo’yicha to’lanishi majburiy bo’lgan sof daromad; yuridik shaxs tomonidan uning ta’sischilari o’rtasida(ishtirokchilari, o‘zlariga ularning ulushlari, payay va qo’shgan jamg’armalariga asosan)sof daromadning bir qismi va(yoki) o’tgan yillarning taqsimlanmagan daromadlari;

Yuridik shaxs tugatilayotganida, shuningdek ta’sischi tomonidan(ishtirokchi, a’zo) ulush(pay va qo’shilgan jamg’arma) chiqarib olinishida ta’sischi(ishtirokchi, a’zo) tomonidan ustav jamg’armasiga qo’shilgan ulush hisobidagi daromadlar;

Aksiyador, ta’sischi(ishtirokchi, a’zo)ning qo’shimcha aksiyalarning qiymati ko’rinishidagi olgan daromadlari, ulush pay va jamg’arma) oshirilishi taqsimlanmagan fondlar(ustav kapitali) ustav jamg’armasini oshirishga yo’naltirilganida; O ‘zR Soliq Kodeksi 22-moddasi).

Aksiyadorlar - jismoniy va yuridik shaxslar uchun dividendlarni to’lash muddati qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kun mobaynida pul mablag’lari shaklida to’lab beriladi.

Hisoblangan dividendlarni to’lash shakli: naqd pul va naqd pulsiz (aksiyadorlarning arizasiga binoan).

“Olmaliq KMK” AJ qimmatli qog’ozlari bilan bog’liq barcha masalalar bo’yicha 70-61-9-52-07 yoki 70-61-9-53-21 raqamlari orqali Ijro apparatining korporativ munosabatlar xizmati mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Dividendlarni pochta manziliga o'tkazish uchun ARIZA Yuklab olish (format - docx)

Dividendlarni plastik kartaga o'tkazish uchun ARIZA Yuklab olish (format - docx)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech