A- A A+

Hurmatli fuqarolar!!!

“Оlmaliq KMK” AJda bo’sh ish o’rinlari va mutaxassislarga, ishchi-xodimlarga ehtiyoj mavjud bo’lganda tashkil etiladigan ishga qabul jarayonlarida ishtirok etish uchun nomzod sifatida shaxsiy hujjatlarini taqdim etish istagida bo'lgan fuqarolar ishga qabul to’g’risidagi e’londa ko’rsatilgan bo'sh ish o'rinlari uchun nomzodlarga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda ish o'rniga mos mutaxassis sifatida o'zingiz haqingizdagi barcha ma'lumotlarni (rezyume) qoldirishingiz mumkin. Rezyume jo'natish talablari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 

Nomzodlar ro'yhatiga kiritish uchun qo’yiladigan talablar:

 

1. Rezyumedagi ma'lumotlar aniq va to'g'riligi uchun rezyume jo'natgan (rezyumeda familiyasi ko'rsatilgan) shaxs javobgar bo'ladi.

2. Rezyume bir shaxs tomonidan bir mutaxassislik bo'yicha faqat bir marta jo'natilishi mumkin.

3. Takroran yuborilgan rezyume qabul qilinmaydi va takroran rezyume yuborgan shaxs nomzodlar bazasidan chiqariladi.

4. Rezyumeda ko’rsatilgan ma’lumotlar bo’sh ish o’rni uchun nomzodlarga qo’yilgan talablarga javob bermagan hollarda rezyume rad etilgan hisoblanadi va unga javob berilmaydi.

5. Rezyume joylashtirayotgan shaxs mutaxassisligi bo'yicha hujjat (diplom, sertifikat, guvohnoma va boshqa hujjatlar)da yozilgan sohalardan faqat bittasini ko'rsatishi va shu mutaxassislik bo'yicha nomzod bo'lishi mumkin.

6. Rezyume yuborilgandan so'ng nomzod to'g'risidagi ma'lumotlar kombinat mutaxassislaridan tashkil topgan qabul komissiyasi tomonidan o'rganib chiqiladi va sinov (test, suhbat, amaliy mashg’ulot) jarayonlarida ishtirok etishi mumkinligi to’g’risida ma’lumot beriladi.

7. Sinovlardan (test, suhbat, amaliy mashg’ulot) muvofaqqiyatli o’tgan nomzodlarni ishga qabul qilish “Olmaliq KMK” AJga ishga qabul qilish Tartibiga asosan amalga oshiriladi.


STANDART SHAKLDA YUBORILGAN REZYUMELAR QABUL QILINADI (REZUME BLANKASI YUKLAB OLISH)

Drag and drop files here or Browse
Drag and drop files here or Browse

2019 yil 1 oktabr kunida kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyul kunidagi “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq, Sizga shuni ma’lum qilamizki, Olmaliq KMK AJdagi bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodingizni ko‘rib chiqish va xodimlar zaxirasini shakllantirish uchun rezyumeingizda ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanish huquqini kombinat o‘zida saqlab qoladi. Agar Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni yuqorida belgilanganidek foydalanilishiga rozilik bildirsangiz, buni quyidagi katakchaga belgi qo‘yib, tasdiqlang.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech